Prezident nutqi

O'zbekiston – Koreya Xalqaro Universiteti asoschisi - Park Joon Ho

Assalomu alaykum!  

 

            O'zbekiston - Koreya Xalqaro Universiteti talabalarining dadil va o'tkir nigohlarida porliq kelajak qurishga hissa qo'shish orzu-umidlari jo'sh urayotganligini ko'rib dilim quvnaydi.

         

          "Mashaqqatli mehnat va ko'nikmalar – muvaffaqiyat kalitidir" shiori bilan Oliy ta'lim tizimi maydoniga chiqqan O'zbekiston – Koreya Xalqaro Universiteti jamoasi XХI asrning eng ilg'or bilim ko'nikmalariga tayangan holda ta'lim tizimida inqilobiy o'zgarishlar qilishni, davr talabiga hamohang javob qaytara oladigan kadrlarni tayyorlash va yoshlarning noyob, takrorlanmas iqtidorlarini oshirishga e'tibor qaratishni faoliyatining asosiy mezoni etib belgilagan.Zero, qobiliyatsiz avlodning o'zi yo'q, yashirinib yotgan iqtidorni sayqallash va rivojlantirish o'qituvchining vazifasidir.

         

           Shu nuqati nazardan men, Universitet asoschisi va rektori Park Joon Ho,  Universitetning har bir auditoriya va amaliyot xonalarini elektron doskalar bilan jihozlash, barcha talabalarni o‘quv jarayonida foydalanishlari uchun shaxsiy planshetlar bilan ta'minlash orqali zamonaviy multimedia ta'lim muhitini yaratdim.

         

           O'zbekiston va Koreya davlatlari rahbarlarining o'zaro uchrashuvi davomida qayd etilishicha Farg'ona viloyati geografik joylashuvi jihatidan O'zbekistonning sharqiy qismidan o'rin olgan bo'lib, aholisi zich joylashgan hududdir.  Ikki davlat tomonlarining muloqoti davomida Farg'ona sanoat zonasini yanada rivojlantirish uchun maktabgacha ta'lim, menejment, qurilish, turizm, sanoat, hamshiralik ishi kabi sohalarni oliy malumotli kadrlar bilan ta'minlash zaruriyati e'tirof etildi.

         

           Shu yo'nalishda imzolangan hujjatga asosan bir guruh ilg'or koreyalik professorlar Farg'onaga keldi. Bunda biz Koreya ilm ahli O'zbekistonning milliy siyosatini hurmat qilgan holda ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy sohalarning rivojlanishi uchun malakali mutaxassislarni tayyorlab beramiz.

         

           2019/2020-o'quv yilida dastlabki qadamlar sifatida ijtimoiy gumanitar yo‘nalishda  - Turizm menejmenti, Elektron buxgalteriya hisobi, Maktabgacha ta'lim,  Koreys tili va adabiyoti   hamda muhandislik yo‘nalishida - Avtomobilsozlik muhandisligi, Arxitektura muhandisligi, axborot tizimlari fakultetlariga asos solingan bo'lsa,  yaqin kelajakda Kimyo texnologiyalari, Yong‘in xavfsizligi, Biotexnologiya muhandisligi, Elektronika va elektrotexnika muhandisligi, Qurilish muhandisligi, Mashinasozlik, Kelajak avtomobilsozlik muhandisligi, Sog'liqni saqlash tizimi boshqaruvi, Farmasevtika, Hamshiralik ishi, Fizioterapiya kabi ta'lim yo'nalishlar uchun oliy ma'lumotli kadrlarni tayyorlab berishni  ko'zlaganmiz.

         

           Men Universitet rektori sifatida Siz aziz talabalardan quyidagilarni so‘rab qolaman. Malakali ustozlar qobiliyatli shogirdlarni yetishtirsa, sidqidildan harakat qilib o‘z mahoratini oshirib boruvchi talaba esa malakali ustozni keltirib chiqaradi. Shu sababdan, talabalarning barchasi doimiy o‘z mahoratlarini oshirib borishni asosiy o‘quv taomiliga aylantirib, yorqin kelajakka erishish uchun bugun tinmay harakat qilish zarurligimi yodda tutishi lozim. O'z navbatida O'zbekiston – Koreya Xalqaro Universiteti professor-o‘qituvchilari talabalarni baholashda shaffoflikka tayanishadi va siz azizlarning har qanday ishonchsizlik va gumoniga sabab bo‘lmaydigan ustozlar bo‘lishadi.

         

           Men, Park Joon Ho, O‘zbekiston Respublikasi zamonaviy sanoat rivoji asosi bo‘lgan malakali kadrlarni yetishtirib chiqarishda Universitetni beg‘araz boshqarib, dunyo bo‘yicha eng yuksak pog'onada turadigan oliy ta'lim muassasiga aylantirishni niyat qildim. Ta’lim falsafasi ideologiyasi bo‘yicha qolgan umrimni Farg‘ona viloyatida ta’lim beruvchi sifatida yashab o‘tmoqchiman.

         

           Siz aziz talabalarga yana bir bor mashaqqatli mehnat va ko‘nikmalar muvaffaqiyat kaliti ekanligini ta’kidlab, sidqidildan o‘qishingizni so‘rab qolaman.

         

          Tashakkur!

@kiuf_uz
@kiuf_rasmiy
@kiufuz
+998954019454