E'TIBOR BERING
Universitetga kirish uchun hujjat topshirish tartibi
O’zbekiston-Koreya Xalqaro Universitetiga ishga qabul qilinadi
Mashaqqatli mehnat va ko'nikmalar - muvaffaqiyat kalitidir
Yangiliklar markazi
KIUF Menejment va kompyuterlashtirilgan buxgalteriya hisobi fakultetida “Maxsus kurs” bitiruv tadbiri bo’lib o’tdi
Menejment va kompyuterlashtirilgan buxgalteriya hisobi fakulteti dekani professor Noh Gil Kwan tomonidan 2022-yil 18-fevralda qishki ta’til davomida bo‘lib o‘tgan Maxsus Computer Accounting Level 1 va Office Automation Level 1 kurslarini tamomlagan talabalar bitiruv sertifikatlari bilan taqdirlandi. Menejment va kompyuterlashtirilgan buxgalteriya hisobi fakultetidagi Maxsus kurslarni tamomlagan talabalarni tabriklaymiz va kelgusida muvaffaqiyatlar tilaymiz. Fakultet dekani professor Noh Gil Kwan doimiy ravishda Maxsus kurslar orqali ko‘proq talabalarga imkoniyat yaratishga harakat qilishini va qo’llab-quvvatlashini ta’kidlab o’tdi.
KIUFGA YANGI REKTOR TAYINLANDI
Farg’ona shahridagi Koreya xalqaro universiteti konferensiyalar zalida 100 nafarga yaqin professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirokida yangi rektorning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tdi. Shu kunga qadar oliygohga rahbarlik qilgan ta’sischi Park Joon Ho so'nggi uch yil davomida biz bilan birga bo'lgan barcha professor-o'qituvchilar va xodimlarga minnatdorchilik bildirdi va yangi rektorning kelgusi faoliyatiga omad tiladi. Oliygohni yanada yaxshiroq ta’lim muassasiga aylantirishni so'radi. Yangi rektor etib tayinlangan Han Jae Seok shu kunga qadar Koreyadagi Seojeong universiteti va Jangan universitetlarida vitse-prezident va Koreya universitetlari assotsiatsiyasi prezidenti lavozimlarida ishlagan. Han Jae Seok oʻzining marosimda soʻzlagan nutqida taʼlimning qadr-qimmatini bilishga va amaliy yoʻnaltirilgan taʼlim mazmunini qoʻllashga va shu bilan birga mahalliy hamjamiyat bilan hamkorlikda taʼlim berishga vaʼda berdi.
Voqealar va tadbirlar haqida
Orzuingizni ro'yobga chiqaring! O‘tmishdan farq qiluvchi yangiliklar va o‘zgarish - innovatsiya deb ataladi. Shiddat bilan harakatlanayotgan bugungi davr esa yangilanish, rivojlanish, doimiy o‘zgarish va innovatsiyalarni talab qiladi. Bugungi zamonga hamohang, hozirjavob mutaxassislarni yetishtirib chiqarish uchun, kreativ g`oya va dasturlarga asoslangan ta’lim tizimini ishlab chiqish lozim. O‘zgarish va innovatsiyalarga asoslangan bunday ta`riflarga Janubiy Koreya ta’lim tizimi misol bo‘la oladi
E'TIBOR BERING
Universitetga kirish uchun hujjat topshirish tartibi
O’zbekiston-Koreya Xalqaro Universitetiga ishga qabul qilinadi
Oy voqealari